<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov</author>
<lyrics>[V1]
 Nolib oʻtdik bir umr
 Istadik topmoq huzur
 Sen zoʻrsan, lek bexuzur
 Faqat Xudoda huzur
 Faqat Isoda huzur!

[V2]
 Gʻam-u anduhlar yutdik
 Bir umr omad kutdik.
 Doim magʻlubiyat tutdik
 Faqat gʻolibdir Xudo!
 Faqat gʻolibdir Iso!

[V3]
 Tinchlik topmadik sira
 Koʻnglimiz tortdi xira.
 Kelgin, Xudodan soʻra
 Faqat Xudoda tinchlik!
 Faqat Isoda tinchlik!

[V4]
 Inoyat qilmas dunyo
 Marhamat bilmas dunyo.
 Senga doʻst boʻlmas dunyo
 Faqat Xudodan soʻra!
 Faqat Isodan soʻra!

[V5]
 Bandaga qilma umid
 Yaxshilik qil va unut!
 Birodar, Xudodan kut!
 Boʻlgin Xudoga muhtoj,
 Boʻlgin Isoga muhtoj!

[V6]
 Adashmagin koʻzing och
 Yolgʻon taʼlimotdan qoch.
 Qoʻlingda borini soch!
 Faqat Xudodan olgin,
 Faqat Isoda qolgin!</lyrics>
<title>Faqat Isoda (anʼanaviy)</title>
</song>